Hisobni o‘chirish — TezBaraka
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 4-noyabr
Qanday o‘chiriladi
- Mobil ilovada: Profil → Sozlamalar → «Hisobni o‘chirish» → tasdiqlash.
- Saytda: tizimga kiring → Profil → Sozlamalar → «Hisobni o‘chirish», yoki shu sahifaning pastidagi tugma.
- Ilovaga kira olmasangiz: Telegram orqali @tezbaraka_support ga ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamingizni yozing — raqam egasi ekaningiz tasdiqlangach hisob 3 ish kunida o‘chiriladi.
Nima o‘chiriladi va qancha saqlanadi
- Hisob ma’lumotlari (telefon, ism, e-pochta, parol), e’lonlar va rasmlar, yozishmalar, sevimlilar, bildirishnomalar, baholash murojaatlari, balans va to‘lov tarixi.
- O‘chirilgan zahoti kirish yopiladi va e’lonlar hech kimga ko‘rinmaydi.
- Ma’lumotlar 30 kun saqlanadi — shu muddatda o‘sha raqam bilan qayta kirsangiz hisob tiklanadi. So‘ng hammasi butunlay o‘chiriladi; xavfsizlik zaxira nusxalarida ko‘pi bilan yana 14 kun qolishi mumkin.
- Balansdagi qoldiq qaytarilmaydi.
Batafsil: Foydalanish shartlari · Maxfiylik siyosati
Hisobni o‘chirish uchun avval tizimga kiring.
Kirish