TEZBARAKA

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 4-noyabr

TezBaraka sayti, mobil ilovalari yoki Telegram botidan foydalanib, siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz. Ma’lumotlar bilan ishlash tartibi — Maxfiylik siyosatida.

1. Hisob

  • Hisob telefon raqam orqali ochiladi; raqam SMS yoki Telegram kodi bilan tasdiqlanadi.
  • Hisobingiz xavfsizligi (parol, kod) uchun o‘zingiz javobgarsiz.
  • Bitta shaxs boshqa shaxs nomidan hisob ochishi taqiqlanadi.

2. E’lonlar

  • E’lon haqiqiy mulkka tegishli, narx va ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
  • Har bir e’lon moderatsiyadan o‘tadi; qoidaga zid e’lon rad etilishi yoki o‘chirilishi mumkin.
  • Boshqalarning rasmlari, aldov, haqoratli yoki noqonuniy mazmun taqiqlanadi.
  • Platforma bitim tomoni emas: kelishuv, to‘lov va hujjatlar uchun tomonlar o‘zlari javobgar.

3. Pullik xizmatlar

  • Tariflar: Standart — bepul, Pro — 49 000 so‘m, Business — 199 000 so‘m. Batafsil: Tariflar.
  • Onlayn baholash — mutaxassis bilan jonli yozishma orqali ko‘rsatiladigan xizmat. 2027-yil 4-fevralgacha bepul.
  • To‘lovlar Payme yoki Click orqali balansga tushadi; ishlatilgan xizmat uchun pul qaytarilmaydi.
  • iOS ilovasida e’lonni yuqoriga chiqarish va tariflarni sotib olish mavjud emas — ular sayt orqali amalga oshiriladi.

4. AI yordamchi

AI yordamchi (Claude Haiku 5.5 / GPT-6 Luna) qidiruvni osonlashtiradi, lekin javoblari maslahat xarakterida. E’lonlar ro‘yxatini AI emas, platforma bazasi beradi.

5. Hisobni o‘chirish va ma’lumotlarni saqlash

  • Hisobni istalgan vaqtda o‘chirishingiz mumkin: mobil ilovada yoki saytda Profil → Sozlamalar → Hisobni o‘chirish. Ilovaga kira olmasangiz — tezbaraka.uz/account/delete sahifasidagi yo‘riqnoma bo‘yicha.
  • O‘chirilgan zahoti hisobga kirish yopiladi, barcha sessiyalar bekor qilinadi, e’lonlar ko‘rinmaydi.
  • Ma’lumotlar 30 kun saqlanadi. Shu muddatda o‘sha raqam bilan qayta kirsangiz hisob tiklanadi (e’lonlarni qayta chop etish kerak bo‘ladi).
  • 30 kundan keyin hisob, e’lonlar, rasmlar, yozishmalar, sevimlilar va to‘lov tarixi butunlay o‘chiriladi. Bazaning zaxira nusxalarida ular yana ko‘pi bilan 14 kun qolishi mumkin.
  • Balansdagi qoldiq qaytarilmaydi.

6. Aloqa

Telegram: @tezbaraka_support · bot: @tezbarakabot